Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A



Uchqo’rg’on don maxsulotlari kombinatining qurilishi 1981 yil mart oyida SSSR Gosstroyining 1979 yil 3 maydagi № VI 878/47-297 sonli xatiga, KPSS Markaziy Komiteti va Ministrlar Sovetining 1981 yil 8 yanvardagi № 26 sonli karoriga muvofiq 1981-1985 yillarda «Yukori unumli uskunalar bilan jixozlangan komplekt tegirmon korxonalarini kurish va qayta jixozlash» boshlangan.

Kombinatning proekt smeta ishlarini Olma-ota shaxridagi «Sredazpromzernoproekt» davlat ilmiy tekshirish instituti tomonidan bajarilgan. Qurilish ishlarini UzSSR qurilish vazirligining «Spetselevatormelstroy» tresti boshligi A.K.Noserov, bosh muxandisi V.V.Danelyants, № 1 stroypoezd boshligi V.Oxunov va bosh muxandis E.Askarovlar tomonidan olib borilgan.

Qurilayotgan kombinatning birinchi direktori M.Ismailov, bosh muxandis A.Xonxusanov, texnik nazoratchi O.Normirzaevlar buyurtmachi bo’lib ish olib borishgan.

«Sredazpromzernoproekt» tomonidan tayyorlangan loyixaning bosh muxandisi G.B.Kaziev qurilishni loyixaga muvofiq borishini nazorat qilib borgan.

Kombinatning birinchi navbati elevator sexi sigimi 71,4 ming tonna don saqlash quvvatiga ega bosqichma bosqich qurib bitkazilgan va 1986 yil 30 dekabrda ishga tushirilgan.

Tegirmon sexi sutkalik 500 tonna donni qayta ishlash quvvatiga ega 1986 yil 31 mayda Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilib olingan.

Omuxta yem sexi sutkalik quvvati 250 tonna 1987 yil oktyabr oyida davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinib ishga tushirilgan.

Urug’lik don tayyorlash sexi soatiga 10 tonna Sara urug’lik don tayyorlash quvvatiga ega 2008 yil avgust oyida ishga tushgan.

Ikkita issiq non ishlab chiqarish sexi sutkasiga 2,4 tonnadan qolipli non ishlab chiqarish quvvatiga ega , birinchi issiq non sexi 2009 yil dekabr oyida, ikkinchi non sexi 2013 yil iyun oyida ishga tushirilgan.
Foydali havolalar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech