Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“Uchqo’rg’on don mahsulotlari” aktsiyadorlik jamiyatini yangi tahrirdagi nizomi

I.Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasining “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilgan.

1.2. Jamiyat O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash qo’mitasi Namangan viloyati xududiy boshqarmasining 1995 yil 31 martdagi № 008075 sonli buyrug’iga asosan tashkil etilgan va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Namangan viloyat boshqarmasining 1995 yil 20 martdagi № 84-k PO buyrug’i bilan “Uchqo’rg’on don mahsulotlari” ochik aktsiyadorlik jamiyati deb ro’yxatga olingan.

1.3. Jamiyat o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni (06.05.2014y. O’RQ-370-son).o’z Nizomi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq olib boradi.

1.4. Jamiyatning to’liq nomi:

O’zbek tilida: “Ucnqo’rg’on don mahsulotlari”aksiyadorlik jamiyati (matn davomida-Jamiyat deb yuritiladi)

Rus tilida: -Акционерное общество "Учкургон дон махсулотлари"

Jamiyatning qisqartirilgan nomi:

O’zbek tilida:- “Uchqo’rg’on don mahsulotlari”AJ

Rus tilida:- AO “Uchkurgan don mahsulotlari”

1.5.Jamiyatning joylashgan manzili (pochta manzili): O’zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Uchqo’rg’on shahri P.Tursun ko'chasi №1-uy Indeks 160900

1.6.Jamiyatning elektron pochta manzili: uchkurganDM@maiI.ru

1.7. Jamiyatning rasmiy veb sayti: www.udm.uz

II.Jamiyat faoliyatining asosiy yo’nalishlari va maqsadi

2.1. Jamiyat tijorat tashkiloti bulib, uning asosiy maqsadi moliyaviy-ho’jalik faoliyatidan foyda olish.

2.2. Jamiyat asosiy maqsadiga erishish uchun faoliyat va xizmat ko’rsatishning quyidagi turlarini amalga oshiradi:

- Halq iste’mol mollarini ishlab chiqarish va sotish, mulkchilik shaklidan kat’iy nazar xujalik yurituvchi sub’ektlarga va axoliga pullik xizmatlar ko’rsatish.

- Un va un mahsulotlari ishlab chiqarish va ishlab chikarish korxonalariga tugridan tugri shartnoma asosida , mulkchilik shaklidan qat’iy nazar ulgurji va chakana savdo korxonalariga tovar xom-ashyo birjasi orqali sotishni amalga oshirish.

- Omuxta yem ishlab chiqarish, ishlab chiqarilgan omuxta yemlarni tovar xom-ashyo birjasi orqali mulkchiligidan kat’iy nazar barcha iste’molchilarga xamda uzining savdo nuktalari (firma dukonlari)da sotishni tashkil etish.

- Non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish va firma do’konlari orqali aholiga xamda mulkchiligidan kat’iy nazar firma, kompaniya va xujalik tashkilotlariga nakd pulga va pul utkazish orkali sotishni tashkil etish.

- Makaron maxsulotlari ishlab chiqarish va ularni birja va tugridan tugri shartnoma asosida tulov kobiliyatiga ega bulgan mulkchilik shaklidan kat’iy nazar xujalik yurituvchi sub’ektlarga pul utkazish orkali, uzining savdo nuktalari orkali nakd pulga sotish.

- Qishloq ho’jaligi ekinlari zararkunandalaridan ximoya kilish maksadida biomaxslotlar ishlab chiqarish va biomaxsulotlarni qonunda belgilangan tartiblarda qishloq ho’jaligi korxonalari va fermer xo’jaliklarga pul utkazish orkali sotishni amalga oshirish va xakozo.

- Qishloq ho’jalik korxonalari, fermer ho’jaliklari va aholi shaxsiy tom orqalarida yetishtirilgan don mahsulotlarini qayta ishlab berish (davalьcheskiy) va saqlab berish xizmatlarini ko’rsatish.

- G’alla ekinlari donidan uruglik don tayyorlash va ekish uchun fermer va shaxsiy tom orqa ho’jaliklariga uruglik don sifatida yetkazib berishni tashkil etish va sotish.

- Qishloq ho’jalik mahsulotlarini xarid qilish.kayta ishlash,saqlash, qadoqlash va kishloq ho’jalik maxsulotlarini ishlab chikarish.

-Chorvachilik va parrandachilik, bogdorchilik faoliyati bilan shug’ullanish xamda chorva parranda va bogdorchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish.

- Axoliga pullik xizmat kursatish, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar bilan o’zaro foydali aloqalarni o’rnatish xamkorlikni rivojlantirish. Xamda tijorat vositachilik xizmatlarini amalga oshirish.

- O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan ma’n etilmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug’ullanish.

2.3. Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qiladigan faoliyat turlari belgilangan tartibda litsenziya olingandan so’ng amalga oshiriladi.

III. Jamiyat Ustav kapitalining miqdori.

3.1.Jamiyatning ustav kapitali-jamiyat aktsiyadorlari olgan nominal qiymati 500 so’mlik bulgan qimmatli kog’ozlardan tashkil topadi.

3.2. Jamiyatning ustav kapitali 685 907 000 so’m yoki 1 371 814 dona nominal kiymati 500 so’m bulgan egasi yozilgan oddiy nakdsiz va 350 dona egasi yozilgan imtiyozli nakdsiz 175 000 so’mlik aktsiyalardan iborat.

Jamiyatning ustav kapitalini ko’paytirish.

3.3.Jamiyatning ustav kapitali aktsiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo’shimcha aktsiyalarni joylashtirish yo’li bilan ko’paytiriladi.

3.4. Qo’shimcha aktsiyalar jamiyat tomonidan ushbu ustavda belgilangan e’lon qilingan aktsiyalar soni doirasidagina joylashtiriladi.

3.5. Jamiyat ustav kapitalini oshirish maqsadida joylashtirilgan aktsiyalarga qo’shimcha ravishda chiqarilishi mumkin bo’lgan e’lon qilingan aktsiyalar miqdori – nominal qiymati 500 so’m bo’lgan 2 000 000 dona egasi yozilgan oddiy aktsiyadan iborat.

3.6. Qo’shimcha aktsiyalarni joylashtirish yo’li bilan kupaytirish to’g’risidagi qarorda joylashtiradigan qo’shimcha aktsiyalarning umumiy qiymati, soni,turi,nominal qiymati. Joylashtirish tartibi. Usuli,muddati.joylashtirish (aktsiyalarning birja va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxi. Aktsiyalar uchun tulov tartibi,amalga oshmagan deb topish usuli va amalga oshmagan deb topilgan taqdirda aktsiyalar uchun qabul qilingan tulov vositalarini kamaytirish tartibi belgilanadi.

3.7.Qo’shimcha chiqarilayotgan aktsiyalar ochiq obuna usuli bilan belgilangan tartibda fuqarolik-huquqiy bitimlar tuzish yo’li bilan birja yoki birjadan tashqari uyushgan bozorda joylashtiriladi.

3.8.Qo’shimcha chiqarilgan aktsiyalar bozor qiymatida,lekin nominal qiymatidan kam bo’lmagan qiymatda joylashtiriladi.

3.9.Jamiyatning aktsiyalariga haq to’lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pul vositasida amalga oshiriladi.

Jamiyatning ustav kapitalini kamaytirish.

3.10. Jamiyatning ustav kapitali aktsiyalarning nominal qiymatini kamaytirish yoki aktsiyalarning umumiy sonini qisqartirish yo’li bilan kamaytirilishi mumkin

3.11. Agar ustav kapitalini kamaytirish natijasida uning miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan kamayib ketsa,jamiyat ustav kapitalini kamaytirishga haqli emas.

3.12. Ustav kapitalini kamaytirish to’g’risida qaror qabul qilingan vaqtda aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi ustav kapitalini kamaytirish sabablarini ko’rsatadi va uni kamaytirish tartibini belgilaydi.

IV. Jamiyat aktsiyalarining turlari va ular bo’yicha dividendlar to’lash tartibi.

4.1. Jamiyatning aktsiyalari oddiy va imtiyozli bo’lib,emissiyaviy qimmatli qog’ozlar hisoblanadi.

4.2. Jamiyat imtiyozli aktsiyalari o’z egalariga har yili aktsiyalar nominal qiymatining kat’iy 20 foizi miqdorida dividend olish huquqini beradi.

4.3. Imtiyozli aktsiya egalari jamiyat tugatilgan taqdirda uning mulklari taqsimlanayotgan paytda oddiy aktsiya egalari o’rtasida mulk ta’qsimoti amalga oshirilgunga qadar o’z aktsiyalarining nominal qiymatini oladilar.

4.4. Jamiyat o’zi joylashtirgan imtiyozli aktsiyalarni olish narxi ularning bozor qiymatiga muvofiq belgilanadi.

4.5. Dividend aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi qaroriga ko’ra pul mablag’lari yoki boshqa qonuniy to’lov vositalari yoxud jamiyatning qimmatli qog’ozlari bilan to’lanishi mumkin.

4.6. Jamiyatning imtiyozli aktsiyalari bo’yicha dividendlar to’lovi qimmatli qog’ozlar bilan to’lashga yo’l qo’yilmaydi.

4.7. Dividend aktsiyadorlar o’rtasida ularga tegishli aktsiyalar soni va turiga qarab mutonosib ravishda taqsimlanadi.

4.8. Jamiyat moliya yilining birinchi choragi, yarim yilligi,to’qqiz oyi natijalariga ko’ra va (yoki) moliyaviy yil natijalariga ko’ra joylashtirilgan aktsiyalar bo’yicha diviendlar to’lash to’g’risida qaror qabul qilishga haqli.

Jamiyat moliyaviy yilning birinchi choragi. yarim yilligi.to’qqiz oyligi natijalariga ko’ra dividendlar to’lash to’grisidagi qarori tegishli davr tugagandan keyin uch oy ichida qabul qilinishi mumkin.

4.9.Jamiyat aktsiyalarni har bir turi bo’yicha dividendlar to’lash,dividendlar miqdori,uni to’lash shakli va tartibi to’grisidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasi, moliyaviy yil hisobotining ishonchliligi haqidagi tashqi auditorlik tashkilotini auditorlik xulosasi mavjud bo’lgan taqdirda, moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi.

4.10.Dividendlar to’lash to’g’risidagi qarorda dividendlar to’lash boshlanadigan va tugallanadigan sanalar ko’rsatilgan bo’lishi lozim.

Dividendlarni to’lash muddatlari va tartiblari aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi qarorida belgilanadi,dividendlarni to’lash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oltmish kundan kech bo’lmasligi lozim.

4.11. Dividendlarni to’lash chog’ida birinchi navbatda imtiyozli aktsiyalar bo’yicha. so’ngra oddiy aktsiyalar bo’yicha dividendlar to’lanadi.Imtiyozli aktsiyalar bo’yicha qat’iy belgilangan dividendlarni to’lash uchun yetarli miqdorda foyda mavjud bo’lgan taqdirda jamiyat mazkur aktsiya egalariga dividendlar to’lashni rad etishga hakli emas.Jamiyat yetarli miqdorda foydaga ega bo’lmagan yoki zarar ko’rib ishlayotgan taqdirda, imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividendlar jamiyat tomonidan jamiyatning faqat shu maqsad uchun tashkil etilgan zaxira fondi hisobidan va ushbu fond doirasida to’lanishi mumkin.

4.12 Egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosho’ri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividend aktsiyadorlarning umumiy yigilishi qaroriga ko’ra jamiyat ixtiyorida koladi.

4.13. Jamiyat Uzbekiston Respublikasi norezidend aktsiyadorining yozma talabiga ko’ra unga hisoblangan dividendlarni erkin ayriboshlanadigan valyutaga ayriboshlab,mablag’larini norezedend aktsiyador taqdim etgan bank hisob varag’iga o’tkazib berishi shart.

4.14. Aktsiyadorlarga dividendlarni to’lash to’g’risida qaror qabul qilingan aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishini o’tkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aktsiyadorlarining reestrida qayd etilgan shaxslar aktsiyalar bo’yicha dividend olishga haqli.

4.15.Dividendlar aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan belgilangan muddatlarda jamiyatning aybi bilan to’lanmagan taqdirda to’lanmagan (olinmagan) dividendlar bo’yicha Uzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalaridan chiqqan holda penya hisoblab yoziladi.

4.16.Yillik dividendlarni to’lash, dividend miqdori va to’lash shakli to’grisidagi qaror Jamiyat kuzatuv kengashi tavsiyasiga ko’ra aktsiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi.Yillik dividendlar miqdori Jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etgan miqdordan katta bo’lishi mumkin emas, shu bilan birga.ushbu dividendlar miqdori to’langan oraliq dividendlar miqdoridan kam bo’lmasligi kerak.

V. Jamiyatning zahira jamg’armasi

5.1. Jamiyat sof foyda hisobidan zahira fondini hamda aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishida aniqlanadigan,jamiyat faoliyati uchun zarur bo’lgan boshka fondlarni tashkil etadi.

5.2. Jamiyatning zaxira fondi,boshqa mablag’lar mavjud bo’lmagan taqdirda, jamiyatning zararlari o’rnini qoplash, jamiyatning korporativ obligatsiyalarini muomaladan chiqarish, imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividendlar to’lash va jamiyatning aktsiyalari qaytarib sotib olish uchun mo’ljallanadi. Zaxira fondidan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.

5.3. Jamiyat ustav kapitalining 15 foizdan kam bo’lmagan miqdorda jamiyat zaxira fondi shakllantiriladi..

5.4. Jamiyat zaxira jamg’armasiga ushbu nizomning 5.3 bandida belgilangan miqdorga yetgunga qadar har yili sof foydadan 5 foiz miqdorda ajratmalar o’tkaziladi.

5.5. Zaxira jamgarmasi to’laligicha yoki qisman sarflanib bo’lgan hollarda. Majburiy ajratmalardan tiklanadi.

VI. Jamiyat boshqaruvining tuzilmasi

6.1. Jamiyat aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi.

6.2. Jamiyat kuzatuv kengashi.

6.3. Jamiyat ijroiya organi (Direktor).

6.1. Jamiyat aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishi.

6.1.1. Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi jamiyatning eng yuqori boshqaruv organidir

6.1.2. Jamiyat har yili aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishini (aktsiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishini)o’tkazishi shart.Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi moliya yili tugagandan keyin olti oydan kechiktirmay o’tkaziladi.

Aktsiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishidan tashqari o’tkaziladigan umumiy yig’ilishlari navbatdan tashqari yig’ilishlardir.

Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishini Kuzatuv kengashining raisi, u uzrli sabablarga ko’ra bo’lmagan taqdirda esa jamiyat kuzatuv kengashi a’zolaridan biri olib boradi.

6.1.3. Aktsiyadorlar umumiy yig’ilishining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:

- Jamiyatni qayta tashkil etish.

- Jamiyatni tugatish.tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash.

- Jamiyat kuzatuv kengashining va minoritar aktsiyadorlar qo’mitasining son tarkibini belgilash. Ularning a’zolarini saylash va a’zolarining vakolatlarini muddatidan oldin, ilgari tugatish.

- E’lon qilingan aktsiyalarning eng ko’p miqdorini belgilash.

- Jamiyatning ustav fondi(ustav kapitali)ni ko’paytirish.

- Jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ni kamaytirish.

- O’z aktsiyalarini olish.

- Jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini tuzish,uning raxbarini saylash (tayinlash) va rahbarning vakolatlarini muddatidan oldin ilgari tugatish.

- Jamiyat taftish komissiyasining a’zolarini (taftishchisini) saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish. shuningdek taftish komissiyasi (taftishchi) to’g’risidagi nizomni ( ustavi) tasdiqlash.

- Jamiyatning yillik hisobotini va yillik biznes rejasini jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan ko’rib chiqilib ma’qullangandan so’ng tasdiqlash.

- Jamiyatning foyda va zararlarini taksimlash.

- Jamiyat kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining (taftishchisining)o’z vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan, shu jumladan jamiyatni boshkarishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan jamiyat kuzatuv kengashining hisobotlarini va taftish komissiyasining (taftishchisining) xulosalarini eshitish.

- Jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar chiqarish tug’risida qaror qabul qilish.

- Qimmatli qog’ozlarning xosilalarini chiqarish to’g’risida qaror qabul qilish.

- Jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to’grisida karor qabul qilish.

- Imtiyozli huquqni qo’llamaslik to’grisida qaror qabul qilish.

- Aktsiyalarni va aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog’ozlarni sotib olishda aktsiyadorning imtiyozli huquqini qo’llamaslik to’g’risida qarorni qabul qilish.

- Aktsiyalarni joylashtirish (qimmatli qog’ozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash.

- Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi reglamentini belgilab tasdiqlash.

- Aktsiyalarni yiriklashtirish va maydalashtirish.

- Jamiyatning ijroiya organiga to’lanadigan haq va (yoki)kompensatsiyalarni.shuningdek ularning eng yuqori miqdorlarini belgilash.

- Qonunchilikda belgilangan hollarda Jamiyat tomonidan yirik bitimlar va jamiyat affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish to’g’risida qaror qabul qilish.

- Qonun hujjatlariga muvofik boshqa masalalarni xal etish.

6.1.4. Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan qabul qilingan qarorlar yig’ilish bayonnomasi imzolangan kundan ikki ish kunidan kechiktirmay, shuningdek ovoz berish yakunlari ushbu qarorlar qabul qilingan sanadan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aktsiyadorlar e’tiboriga yetkaziladi.

6.1.5. Jamiyat aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi jamiyatning “Aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi to’g’risida”gi Nizom asosida chaqiriladi va o’tkaziladi.

6.2. Jamiyat Kuzatuv kengashi

6.2.1. Jamiyat kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy raxbarlikni amalga oshiradi, aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishining vakolatiga taaluqli masalalar bundan mustasno.

6.2.2. Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan bir yil muddatga saylanadilar. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari soni 9 (to’qqiz) kishidan iborat bo’ladi.

6.2.3. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi.

- Jamiyat faoliyatining ustivor yunalishlarini belgilash.

- Aktsiyadorlarning yillik va navbatdan tashqari umumiy yig’ilishlarini chaqirish qonunchilikda nazarda tutilgan xollar bundan mustasno.

- Aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi kun tartibini tayyorlash.

- Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi o’tkaziladigan sana, vakt va joyini belgilash.

- Aktsiyadorlarning umumiy yigilishi o’tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aktsiyadorlarining reestrini shaklllantirish sanasini belgilash.

- Jamiyat ustaviga uzgartish va qo’shimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi taxrirdagi ustavini tasdiqlash masalalarini aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi hal qilishi uchun kiritish.

- Jamiyat mol-mulkining bozor qiymatini belgilashni tashkil etish.

- Jamiyatning yillik biznes rejasini ma’qullash,bunda jamiyatning kelgusi yilga mo’ljallanayotgan biznes rejasi jamiyat Kuzatuv kengashi majlisida joriy yilning 1 dekabridan kech qoldirmay ma’qullanishi lozim.

- Ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash.shuningdek har chorakda uning hisobotlarini eshitib borish.

- Jamiyat ijroiya organining faoliyatiga daxldor har qanday hujjatlardan erkin foydalanish va jamiyat Kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun bu hujjatlarni ijroiya organdan olish. Jamiyat kuzatuv kengashi va uning a’zolari olingan hujjatlardan fakat xizmat maqsadlarida foydalanish mumkin.

- Auditorlik tekshiruvini o’tkazish to’g’risida.mustaqil auditorlik tashkilotini va uning xizmatlariga to’ladigan haqning eng ko’p miqdorini belgilash haqida qaror qabul qilish.

- Jamiyatning taftish komissiyasi a’zolariga (taftishchisiga) to’lanadigan haq va kompensatsiyalarning miqdorlari yuzasidan tavsiyalar berish.

- Dividend miqdori, uni to’lash shakli va tartibi yuzasidan tavsiyalar berish.

- Jamiyat zaxira fondidan va boshqa tashkil etilgan fondlardan foydalanish.

- Jamiyatning filiallarini tashkil etish va vakolatxonalarni ochish.

- Jamiyatning shu’ba va tobe jamiyatlarini tashkil etish.

- Qimmatli qog’ozlar chiqarilishi to’g’risida qaror va emissiya risolasini qabul qilib tasdiqlash.

- Avval ro’yxatdan o’tkazilgan qimmatli qog’ozlar chiqarilishlariga o’zgartishlar (yoki) qo’shimchalar kiritish.

- Qonunchilikda belgilangan hollarda Jamiyat tomonidan yirik bitimlar va jamiyat affillangan shaxslari bilan bitimlar to’g’risida qaror qabul qilish.

- Direktor bilan mexnat shartnomasini Jamiyat nomidan kuzatuv kengashi raisi imzolaydi.

- Jamiyat Direktori(boshqaruv raisi)ning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, uning vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlash.

- Jamiyatning tijorat va notijorat tashkilotlaridagi ishtiroki bilan bog’liq bitimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish.

6.2.4. Jamiyatning Kuzatuv kengashi a’zolari saylovi kumulyativ ovoz berish orqali amalga oshiriladi.Kumulyativ ovoz berishda har bir aktsiyadorga tegishli ovozlar soni Jamiyat Kuzatuv kengashiga saylanishi lozim bo’lgan shaxslar soniga ko’paytiriladi va aktsiyador shu tariqa olingan ovozlarni bitta nomzodga to’liq berishiga yoki ularni ikki undan ortiq nomzodlar o’rtasida taqsimlashga haqlidir.Eng ko’p ovoz to’plagan nomzodlar Jamiyat Kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan deb hisoblanadi.

6.2.5. Jamiyat Kuzatuv kengashining raisi Kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan ularning o’zlari orasidan jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari umumiy soniga nisbatan ko’pchilik ovoz bilan saylanadi.Jamiyat kuzatuv kengashi o’z raisini jami a’zolarining ko’pchilik ovozi bilan qayta saylashga haqlidir.

6.2.6. Jamiyat kuzatuv kengashi raisi uning ishini tashkil etadi. Kuzatuv kengashi majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi. majlisda bayonnoma yuritilishini tashkil etadi.

6.2.7. Jamiyat kuzatuv kengashi raisi yo’q bo’lgan hollarda uning vazifasini kuzatuv kengashi a’zolaridan biri amalga oshiradi.

6.2.8. Jamiyat kuzatuv kengashi majlislari uning raisi tomonidan har chorakda kamida bir marta chaqiriladi va ularda raislik qiladi. Zaruratga ko’ra jamiyat kuzatuv kengashining navbatdan tashqari majlislari ham o’tkazilishi mumkin.

6.2.9. Jamiyat kuzatuv kengashining qarori kuzatuv kengashiga saylangan a’zolarining kamida 75 (etmish besh) foizi ishtirok etganida qonuniy hisoblanadi.Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida qarorlar, agar qonunchilikda boshqa hollar ko’zda tutilmagan bo’lsa,majlisda hozir bo’lganlarning ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.Jamiyat kuzatuv kengashi majlislarida masalalar hal etilayotganda kuzatuv kengashining har bir a’zosi bitta ovozga ega.Jamiyat kuzatuv kengashining bir a’zosi o’z ovozini kuzatuv kengashining boshka a’zosiga berishga haqli emas.Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarining ovozlari teng bo’lgan holda Jamiyat kuzatuv kengashi raisining ovozi hal etuvchi hisoblanadi.

6.2.10.Jamiyat kuzatuv kengashi jamiyatning “Kuzatuv kengashi to’g’risida”gi Nizom asosida faoliyat olib boradi.

6.3. Jamiyatning ijroiya organi

6.3.1..Jamiyatning kundalik faoliyatiga raxbarlik yakkaboshchilik asosidagi Ijroiya organi-Direktor tomonidan amalga oshiriladi.

6.3.2. Direktor jamiyatning kundalik faoliyatini boshkaradi va operativ raxbarlikni Uzbekiston Respublikasi konunchiligi, Jamiyat Ustavi, Aktsiyadorlar umumiy yigilishi va Kuzatuv kengashining karorlariga muvofik amalga oshiradi.

6.3.3. Direktor Aktsiyadorlar umumiy yigilishiga va Kuzatuv kengashiga xisobot beradi.

6.3.4. Direktor Aktsiyadorlar umumiy yigilishi tomonidan saylanadi (tayinlanadi).

6.3.5. Direktorga tulanadigan xak mikdori Jamiyat samaradorligiga tugridan tugri boglik bulib, mexnat shartnomasida belgilanadi.

6.3.6. Direktorning vakolatlariga Jamiyatning kundalik faoliyatiga raxbarlik kilishga doir barcha masalalar kiradi. Aktsiyadorlar umumiy yigilishi va Kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar bundan mustasno.

6.3.7. Direktor aktsiyadorlar umumiy yigilishi va kuzatuv kengashining karorlari bajaralishini tashkil etadi.

6.3.8. Jamiyat Direktorini vakolatlariga kuyidagilar kiradi:

- Mazkur ustav. aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi va kuzatuv kengashi tomonidan o’ziga berilgan vakolatlariga muvofik, jamiyatning ishiga rahbarlik qilish.

- Kuzatuv kengashining roziligiga ko’ra uning manfaatlarini himoya qilish.

- Kuzatuv kengashining roziligiga ko’ra uning ishida maslaxat ovozi bilan ishtirok etish.

- Jamiyat nomidan bitimlar tuzish, jamiyatning filiali yoki vakolatxonalarini raxbarini ta’yinlash.

- Jamiyat koshida ochilgan korxonalarni va jamiyatni shtat biriligi jadvalini tasdiqlash, jamiyat xodimlarini ishga qabul qilish ular bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish, ularga nisbatan intizomiy choralarni qo’llash, xodimlar tomonidan mehnat va ijro intizomini saqlab turishini ta’minlash.

- Jamiyat nomidan amaldagi konunchilikka asosan ishonchnomalarni berish.

- Jamiyatning barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan buyruq va farmoyishlar chiqarish, ijrosini ta’minlash va ko’rsatmalar berish.

- Uz vakolatlari doirasida jamiyatning samarali barqaror ishlashini ta’minlagan xolda uning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish.

- Aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi va kuzatuv kengashi qarorlarining bajarilishini tashkil etish.

- Amaldagi qonunchilikka muvofik, jamiyatda buxgalteriya hisobi va hisobotlarining tashkil etish, zarur holati va ishonchliligini, yillik hisobotlar va boshqa moliyaviy hisobotlar tegishli organlarga uz vaqtida taqdim etilishini, shuningdek aktsiyadorlarga, kreditorlarga va boshka oluvchilarga yuboriladigan jamiyat faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlash.

- Amaldagi konun xujjatlariga hamda jamiyat ichki hujjatlariga rioya kilish.

6.3.9. Direktorning xukuklari:

- Jamiyat nomidan ishonchnomalarsiz ish yuritadi va jamiyat faoliyatiga raxbarlik kilishga doir barcha masalalarni mustaqil ravishda hal etish.

- Jamoa muzokaralarida jamiyat nomidan jamiyat manfatlarini ko’zlab ish yuritish.

- Jamiyat ichki tartib qoidalarini mustakil ishlab chiqish.

- Jamiyatning strukturasi (tuzilmasi)ni tuzish.

- Jamiyat faoliyatini yuritish uchun shtatlar jadvalini tuzib tasdiqlash.

- Jamoa a’zolari bilan tuziladigan mehnat shartnomalarini imzolash va ularni bekor qilish.

- Jamiyat faoliyatini yuritish uchun buxgalteriya (hisobxona)sini tashkil etish uning ustidan bevosita rahbarlik kilish.

- Uz vakolati doirasida jamiyatning barcha xodimlari tomonidan bajarilishi lozim bo’lgan buyruklarni chiqarish va uning nazorati ustidan ko’rsatmalar berish.

- Jamiyat nomidan jamiyatga mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan jamiyat manfatlarini ko’zlagan holda shartnomalarni imzolash.

- Jamiyat ishchi va xodimlarini ish faoliyatlari yuzasidan rag’batlantirib borish.

- Jamiyat xodimlari tomonidan mehnat intizomi qoidalari buzilgan hollarda ularga nisbatan intizomiy choralar qo’llash.

6.3.10.Direktorning majburiyatlari:

- U uz vakolati doirasida jamiyatning samarali va barkaror ishlashini ta’minlagan holda uning joriy faoliyatiga rahbarlik qiladi, fakat aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi va kuzatuv kengashi vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasnodir.

- Aktsiyadorlarning umumiy yigilishi va jamiyatning kuzatuv kengashi karorlarini bajarilishini tashkil etish.

- Aktsiyadorlar umumiy yigilishiga yig’ilish tomonidan qabul qilingan yillik biznes rejani bajarilishi to’g’risida yilda bir marta hisobot berish va jamiyat kuzatuv kengashiga joriy yilning har choragida qilingan ishlar biznes rejani choraklar bo’yicha bajarilishi to’g’risidagi hisobotlarni berib borish.

- Jamiyatning rivojlantirish dasturlari va biznes rejalar ishlab chiqishga bevosita rahbarlik qiladi.

- Ishlab chikarishni va ijtimoiy sohani rivojlantirish hamda jamiyat aktsiyadorlariga tegadigan dividend miqdorlarini oshirish uchun kerak bo’ladigan sof foyda miqdorlarini ko’paytirishni ta’minlash.

- Jamiyat faoliyatini yuritishda amaldagi O’zbekiston Respublikasidagi mavjud qonun va qonun osti hujjatlariga to’la rioya qilishni ta’min etish.

- Jamiyatda buxgalteriya (hisobxona) hisobi va hisobotlari tuzishni tashkil etilishini uning amaldagi buxgalteriya to’g’risidagi qonunga mosligi, ishionchliligini ta’min etish shuningdek tuzilgan hisobot va ma’lumotlarni kerakli bo’lgan joylarga o’z vaqtida yetkazishni, jamiyat aktsiyadorlariga talab qilingan ma’lumot va hisobotlarini taqdim etishni ta’min etish.

- Jamiyat taftish komissiyasi va jamiyat ichki auditorining talabiga ko’ra moliya xo’jalik faoliyati yuzasidan amalga oshirilgan hujjatlarni hech qanday to’siqsiz takdim etish.

- Davlat statistika organlariga tuzilgan hisobotlarni ishonchliligini ta’minlagan holatda o’z vaqtida taqdim etilishini ta’min etish.

- Xizmat yoki tijorat siri hisoblangan axborotning jamiyat xodimlari tomonidan to’liq saqlanishini ta’minlash.

- Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi majlislarini o’tkazilishini tashkil etish.Jamiyat nomidan hujjatlarni va ijro etuvchi organ yig’ilishlari bayonnomalarini imzolash.

- Aktsiyadorlik jamiyatini malakali kadrlar bilan ta’minlash.

- Tayyorlangan xodimlarning bilimi, malakasi, tajribasi va qobilyatlaridan yaxshirok foydalanish chora tadbirlarini tashkil etish.

- Jamiyatda mehnat va texnologiya intizomi saqlanishiga rioya etishni tashkil etish.

- Jamiyatda mehnat muhofazasi qonun va qoidalariga rioya etilishini ta’min etishni tashkil etish.

- Jamiyatda jamoa a’zolari urtasida o’tkaziladigan yig’ilishlarda ularni ta’min etishni tashkil etish.

- Jamoa shartnomalari va bitimlarni tuzishda ish beruvchi sifatida ish ko’rish.

- Jamoa shartnomalarida qabul qilingan barcha majburiyatlarni so’zsiz bajarilishini ta’min etish.

6.3.11.Direktor uz huquqlarini va majburiyatlarini bajarishda jamiyat manfaatlarini ko’zlab ish tutishi lozim.

6.3.12. Direktor qonun hujjatlariga va ushbu Ustavga muvofiq jamiyat oldida javobgardir.

6.3.13. Direktor mazkur nizom va Aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi tomonidan tasdiklangan «Ijroiya organi to’g’risida»gi Nizom asosida ish olib boradi.

VII. Minoritar aktsiyadorlar qo’mitasi

7.1 Jamiyatda minoritar aktsiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamiyat aktsiyadorlari orasidan minoritar aktsiyadorlar qo’mitasi tashkil etiladi.Minoritar aktsiyadorlar qo’mitasining a’zolarini saylashda aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishida hozir bo’lgan va jamiyat kuzatuv kengashiga nomzodlar ko’rsatmagan yoxud aktsiyadorlarning o’tkazilayotgan umumiy yig’ilishida kuzatuv kengashiga nomzodlari ko’rsatilmagan aktsiyadorlar qatnashadi.

Minoritar aktsiyadorlar qo’mitasining tarkibiga jamiyatning direktori,boshkaruv a’zolari,shuningdek jamiyatning kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga saylangan shaxslar kirishi mumkin emas.

Minoritar aktsiyadorlar ko’mitasi a’zolarini soni 9 kishidan iborat.

Minoritar aktsiyadorlar ko’mitasining vakolat doirasi quyidagilardan iborat:

- Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi yoki jamiyatning kuzatuv kengashi ko’rib chiqishi uchun kiritilayotgan yirik bitimlar va affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzishga oid masalalar bo’yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish.

- minoritar aktsiyadorlarning o’z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bog’lik bo’lgan murojatlarni ko’rib chiqish.

- Qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organiga minoritar aktsiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilish to’g’risida murojatlar kiritish.

- Qonun xujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa masalalarni ko’rib chiqish.

- Minoritar aktsiyadorlar ko’mitasining qarorlari oddiy ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Minoritar aktsiyadorlar ko’mitasining majlislari uning miqdor tarkibiga saylangan shaxslarning kamida to’rtdan uch qismi hozir bo’lganda vakolatlidir.

- Minoritar aktsiyadorlar ko’mitasi qabul qilgan qarorlari to’g’risida har yili aktsiyadorlar umumiy yig’ilishida hisobot beradi.

- Minoritar aktsiyadorlar ko’mitasining raisi ushbu ko’mita tarkibidan minoritar aktsiyadorlar qo’mitasining a’zolari tomonidan ko’pchilik ovoz bilan saylanadi.

- Minoritar aktsiyadorlar qo’mitasining raisi minoritar aktsiyadorlar qo’mitasining vakolat doirasiga kiritilgan barcha masalalar bo’yicha jamiyatning xujjatlaridan foydalanish huquqiga ega.

- Minoritar aktsiyadorlar kumitasining faoliyat kursatish tartibi kimmatli kogozlar bozorini tartibga solish buyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiklanadi.

- Minoritar aktsiyadorlar kumitasi jamiyatning moliya xujalik faoliyatiga aralashishga xakli emas.

-Minoritar aktsiyadorlar kumitasi faoliyatiga jamiyat kuzatuv kengashining yoki ijroiya organining aralashuviga yul kuyilmaydi.

VIII.Jamiyatning faoliyatini nazorat kilish

1.Taftish komissiyasi

8.1 Jamiyatning moliya xujalik faoliyatini nazorat kilish uchun jamiyat ustaviga muvofik aktsiyadorlarning umumiy yigilishi tomonidan bir yil muddatga taftish komissiyasi saylanadi (tayinlanadi).

8.2 Taftish komissiyasi a’zolariga doir malaka talablari aktsiyadorlarning umumiy yigilishi tomonidan belgilanadi.Ayni bir shaxs ayni bir jamiyatning taftish komissiyasi a’zoligiga ketma ket 3 (uch) martadan ortik saylanishi mumkin emas.

8.3 Jamiyat taftish komissiyasi tarkibi 3 (uch) kishidan iborat buladi

8.4. Jamiyat taftish komissiyasi a’zolari bir vaktning uzida jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi bulishi, shuningdek ayni shu jamiyatda mexnat shartnomasi (kontrakt) asosida ishlashi mumkin emas.

8.5. Yangidan saylangan taftish komissiyasi uzini faoliyatini yuritish uchun yillik rejasini tuzadi va shu asosda faoliyat olib boradi.

8.6.Jamiyat taftish komissiyasining vakolatlari:

- Jamiyat taftish komissiyasining yozma talabiga kura jamiyat ijroiya organida mansabni egallab turgan shaxslar jamiyatning moliya xujalik faoliyati tugrisidagi xujjatlarni taftish komissiyasiga takdim etishlari shart.

- Jamiyatning moliya-xujalik faoliyatini tekshirish taftish komissiyasining,

aktsiyadorlar umumiy yigilishining jamiyat kuzatuv kengashining, jamiyat ovoz beruvchi aktsiyalarining kamida 5(besh)foizga egalik kiluvchi aktsiyadorlarning talabiga kura jamiyat kuzatuv kengashini xabardor kilish yuli bilan bir yillik yoki boshka davrlar ichidagi faoliyat yakunlari buyicha amalga oshiriladi.

- Jamiyatning moliya-xujalik faoliyatini tekshirish yakunlariga kura jamiyat taftish komissiyasi xulosasini tuzadi va kuzatuv kengashiga kurib chikish uchun takdim etadi.

- Jamiyatning xisobotlari va boshka moliyaviy xujjatlarida kursatilgan ma’lumotlarni ishonchliligini tekshirib boradi.

- Jamiyatda buxgalteriya xisobini yuritish Uzbekiston Respublikasining amaldagi konunlari, konun osti xujjatlari va Buxgalteriya xisobi milliy standartlari asosida yuritilganligini nazorat kilib boradi .

- Jamiyatda moliyaviy xisobotlarni takdim etish tartiblarini buzilganligi shuningdek moliya xujalik faoliyatini amalga oshirishda konun xujjatlari faktlari buzilganligi tugrisidagi axborot kursatilishi shart.

2. Jamiyatning ichki audit xizmati

8.2.1. Jamiyat aktivlarining balans kiymati eng kam ish xaki mikdorining 100 000 (yuz ming) barobaridan kup bulganligi sababli jamiyat ichki audit xizmati tashkil etiladi.

8.2.2.Jamiyat ichki audit xizmati uz faoliyatini Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofik jamiyatda ichki audit tugrisidagi «Nizom»ga asosan faoliyatini amalga oshiradi.

8.2.3. Jamiyat ichki auditori, kerakli bulgan malaka sertifikati ega bulgan, oliy iktisodiy ma’lumotga ega bulgan,iktisodiy vazifalarda kamida uch yil ishlagan xodim bulishligi talab etiladi.

8.2.4. Jamiyat ichki audit xizmati kuzatuv kengashiga kilingan ishlar tugrisida xar chorak va yil yakuni buyicha xisobot berib boradi.

8.2.5. Jamiyat ichki auditi kuyidagi vazifalarni bajaradi:

- Ichki audit jamiyatning ijroiya organi,filiallari va vakolatxonalari tomonidan konun xujjatlariga,jamiyat ustaviga va boshka xujjatlarga rioya etilishini.

- Buxgalteriya xisobida va moliyaviy xisobotlarda ma’lumotlarning tulik xamda ishonchli aks ettirilishini ta’minlanishini.

- Jamiyatda moliya xujalik operatsiyalarini amalga oshirilishining belgilangan konun va koidalari, tartib-tamoillariga rioya etilishini.

- Jamiyat mavjud aktivlarini saklanishini.

- Jamiyatda boshkarish yuzasidan konun xujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish monitoring kilish.orkali jamiyatning ijroiya organi.filiallari va vakolatxonalarini faoliyati nazorat kiladi va baholaydi.

- Jamiyatning ichki audit xizmati o’z faoliyatini. Qonunda uzgacha koidalar nazarda tutilmagan bulsa O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiradi.

IX.Jamiyat aktsiyadorlarining huquqlari

Jamiyat aktsiyadorlari quyidagi huquqlarnga ega:

1.Ushbu jamiyat aktsiyadorlarining reestriga kiritilish.

2.Qimmatli qog’ozlar Markaziy depozitariydagi depo hisob varag’idan o’ziga taalluqli ko’chirmani olish.

3.Jamiyat sof foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish.

4. Jamiyat tugatilgan taqdirda o’zlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish.

5. Jamiyat aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishilarida ovoz berish orkali jamiyatni boshqarishda ishtirok etish.

6.Jamiyatning moliya-ho’jalik faoliyati natijalari to’g’risida to’liq va ishonchli axborotlarni belgilangan tartibda olish.

7. Jamiyatdan olgan dividendlarni erkin tasarruf etish.

8. Qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organida. shuningdek sudda o’z huquqlarini himoya qilish.

9.Aktsiyador o’ziga yetkazilgan zararlarning o’rni qoplanishini belgilangan tartiblarda talab qilish.

10. O’z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maksadida uyushmalarga va boshka nodavlat notijorat tashkilotlariga birlashish.

11. Qimmatli qog’ozlarni olishda zarar ko’rish. shu jumladan boy berilgan foyda ehtimoli bilan bog’liq bulgan tavakkalchiliklarni sug’urta qilish huquqiga ega.

12. Jamiyat aktsiyadorlari qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo’lishi mumkin.

13. Jamiyat aktsiyadorlari tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa aktsiyadorlarning huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini buzilmasligi lozim.

14. Aktsiyalarni boshqa shaxslarga berishga doir cheklov belgilanishi aktsiyadorlarni mazkur aktsiya egasini ushbu Qonunda belgilangan tartibda jamiyatni boshqarishda ishtirok etish va ular bo’yicha dividendlar olish huquqidan mahrum qilmaydi.

Jamiyat jami aktsiyalari oddiy va imtiyozli aktsiya egalariga bulingan bulib quyidagi huquqlarga ega:

a) Jamiyat oddiy aktsiyalarining egalari bo’lgan aktsiyadorlarning huquqlari ushbu Qonunga va jamiyat nizomiga muvofiq aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishida mazkur yig’ilish vakolatiga kiradigan barcha masalalar bo’yicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishi mumkin. shuningdek dividendlar olish.jamiyat tugatilgan taqdirda esa.o’zlariga tegishli ulushga muvofiq jamiyat mol mulkini bir qismini olish huquqiga ega.

b)Jamiyatning imtiyozli aktsiyalari egalari bo’lgan aktsiyadorlarga bir xil xajmda huquqlar beradi va oddiy aktsiyalar bilan bir xil nominal qiymatga ega bo’ladi. Imtiyozli aktsiya egalari Qonunda va jamiyat nizomida boshkacha koidalar belgilanmagan bo’lsa umumiy yig’ilishda ovoz berish huquqiga ega emas.Imtiyozli aktsiya egalariga dividendlar to’lash Qonunda belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi. Jamiyat tugatilayotganda imtiyozli aktsiya egalariga to’lanadigan dividendlar miqdori va qiymati (tugatilish qiymati) aktsiyalar nominal qiymatiga nisbatan 10 (o’n) foiz yoki qat’iy pul ko’rinishida belgilanadi.Jamiyat imtiyozli aktsiya egalariga aktsiyalar bo’yicha to’lanmagan yoki tuliq to’lanmagan dividendlarni jamg’arib borish muddati 3(uch)yil etib belgilanadi .Imtiyozli aktsiyalarning oddiy aktsiyalarga ayirboshlash mumkin emas.Imtiyozli aktsiyalarning egalari bo’lgan aktsiyadorlar jamiyat aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishida jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish to’g’risidagi masalalar hal qilinayotganda ovoz berish huquqi bilan ishtirok etadi.

X. Jamiyat aktsiyalariga bo’lgan huquqlarni o’tishi.

Jamiyat aktsiyalarga bo’lgan huquqlar aktsiyalarni oluvchiga uning dep o hisob varag’iga tegishli o’zgartish kirim yozuvi kiritilgan paytdan e’tiboran o’tadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda depozitariy tomonidan beriladigan depo hisob varag’i bilan tasdiqlanadi.Aktsiya bilan tasdiqlanadigan huquqlar ularni oluvchiga ushbu qimmatli qog’ozga bo’lgan huquqlar o’tgan paytdan e’tiboran o’tadi.

XI.Jamiyatning korporativ obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlari.

Jamiyat qonun hujjatlariga va o’z nizomiga muvofiq korporativ obligatsiyalarini va boshqa qimmatli qog’ozlarni chiqarishga hamda ularni joylashtirishga haqli.Korporativ obligatsiyalar jamiyat aktsiyalariga ayirboshlalanadigan qimmatli qog’ozlar bo’lishi mumkin.

Jamiyat mol mulk bilan ta’minlangan korporativ obligatsiyalarni ularni chiqarish to’g’risida qaror qabul qilish sanasidagi o’z kapitali doirasida chiqarishga haqli.

Jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalarni chiqarish. shu jumladan aktsiyalarga ayirboshlanadigan korporativ obligatsiyalarni chiqarish aktsiyadorlarning umumiy yigilishining qaroriga va jamiyat kuzatuv kengashi qaroriga ko’ra amalga oshiriladi.Jamiyat kuzatuv kengashi qaroriga ko’ra aktsiyalarga ayirboshlanadigan korporativ obligatsiyalar chiqarilgan taqdirda mazkur qaror jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarining barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi shart.

Jamiyatning aktsiyalarini va boshqa qimmatli qog’ozlarini joylashtirish chog’ida ularga haq to’lash pul va boshqa to’lov vositalari mol mulk shuningdek pulda ifodalanadigan bohoga ega bo’lgan huquqlar (shu jumladan mulkiy huquqlar) orqali amalga oshiriladi.Jamiyatni ta’sis etishda uning aktsiyalariga haq to’lash tartibi jamiyatni ta’sis etish to’g’risidagi ta’sis shartnomasida yoki jamiyat nizomida qo’shimcha aktsiyalar va boshqa qimmat baho qog’ozlarga haq tulash esa ularni chiqarish to’g’risidagi qarorda belgilab qo’yiladi.Qo’shimcha aktsiyalarga ushbu aktsiyalarning chiqarish to’g’risidagi qarorda ko’rsatilgan joylashtirish muddati ichida haq to’lanishi lozim.Qo’shimcha aktsiyalar haqini tulash majburiyatini uz vaktida to’lamaganligi uchun chiqarilayotgan aktsiya qiymatidan 0.02 foiz neustoyka (jarima penya) undirish lozim.Aktsiyalarga to’lanadigan haq sifatida kiritilayotgan mol mulkning pulda ifodalangan bahosi muassislar o’rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi va ularni baholash mol mulkni baholovchi tashkilotlar orqali amalga oshiriladi.Qabul qilinadigan mol mulk turlariga cheklovlar qo’yilishi mumkin.

XII. Jamiyatning aktsiyalarini va boshqa qimmatli qog’ozlarini joylashtirish narxi hamda olish.

12.1.Jamiyat tomonidan aktsiyalarning dastlabki chiqarilishini joylashtirish muddati jamiyat davlat ro’yhatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak.

12.2.Jamiyat tomonidan jamiyatning qo’shimcha aktsiyalarini va boshqa emissiyaviy qimmatli qog’ozlarni joylashtirish muddati ularni chiqarilishi davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan so’ng bir yil.

12.3.Shu ko’rsatilgan muddatlarda joylashtirilmasa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

12.4.Jamiyat tomonidan aktsiyalarni va aktsiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qog’ozlarni joylashtirish usuli ochiq obuna vositasida joylashtiriladi.Aktsiyalarning ochiq obunasi faqat qimmatli qog’ozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorda o’tkaziladi.

12.5. Aktsiyalar hamda boshqa emissiyaviy qimmatli qog’ozlar qimmatli qog’ozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorida joylashtirilgan taqdirda ularning chiqarilishi. agar joylashtirish hajmi mazkur chiqarilishdagi aktsiyalar va boshqa emissiyaviy kimmatli qog’ozlar umumiy miqdorining kamida 30(o’ttiz)

foizini tashkil etsa.amalga oshgan deb e’tirof etiladi.

12.6. Jamiyatning qo’shimcha aktsiyalari va boshqa emissiyaviy qimmatli qog’ozlarini joylashtirish chog’ida ularga haq to’lash ularni chiqarish to’g’risidagi qarorda belgilanganidan kam bo’lmagan narx bo’yicha amalga oshiriladi.Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) ko’paytirilayotganda jamiyatning qo’shimcha aktsiyalariga uning o’z kapitali hisobidan, shuningdek haqini qo’shimcha aktsiyalar bilan to’lash to’g’risida qaror qabul qilingan dividendlar hisobidan haq to’langan taqdirda, bunday aktsiyalarni joylashtirish jamiyat aktsiyalarining nominal qiymati bo’yicha amalga oshiriladi.

12.7. Jamiyat o’zi joylashtirgan aktsiyalarni aktsiyadorlar umumiy yig’ilishining joylashtirilgan aktsiyalarning bir qismini olish va ushbu aktsiyalarning umumiy sonini kamaytirish yo’li bilan jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ni kamaytirish to’g’risidagi qaroriga ko’ra. shuningdek ularni keyinchalik qayta sotish maqsadida jamiyat kuzatuv kengashi qaroriga ko’ra olishga haqli.Aktsiyalarni olish to’g’risidagi qarorda olinadigan aktsiyalarni turi. jamiyat oladigan har bir turdagi aktsiyalar soni.aktsiyalarni olish narxi.aktsiyalar haqini to’lash shakli va muddati.shuningdek aktsiyalar qancha muddatga olinishi belgilab qo’yiladi. Bu muddat 10 (o’n) kundan kam bo’lmasligi kerak.Jamiyat tomonidan oddiy aktsiyalarni olish narxi ularning bozor qiymatiga muvofiq belgilanadi.Qaysi muayyan turdagi aktsiyalarni olish to’g’risida qaror qabul qilingan bo’lsa. o’sha aktsiyalarni egasi bo’lgan har bir aktsiyador mazkur aktsiyalarni sotishga haqli.jamiyat esa ularni olishi shart.Aktsiyalar olinadigan muddat boshlanishiga kechi bilan 10(o’n) kun qolganda jamiyat muayyan turdagi aktsiyalarning egalari bo’lgan aktsiyadorlarni jamiyat tomonidan aktsiyalar olinishi to’g’risida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish va o’z veb-saytida joylashtirish orqali xabardor etishi shart.

Imtiyozli aktsiyalarni olish aktsiya nominal qiymatida amalga oshiriladi. Jamiyat tasarrufiga o’tgan aktsiyalar ovoz berish huquqini bermaydi.ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.ular bo’yicha dividend hisoblanmaydi. Keyinchalik qayta sotish maqsadida jamiyat tasarrufiga o’tgan paytdan e’tiboran bir yil muddatdan kechiktirmay realizatsiya qilinishi kerak.aks holda aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi jamiyatning ustav fondini kamaytirish to’g’risida qaror qabul qilishi lozim.Ko’rsatilgan muddatda realizatsiya qilinmagan aktsiyalar bekor qilinadi.Jamiyat tomonidan o’z aktsiyalarini olinishi mustaqil ravishda yoki qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchilari orqali amalga oshiradi.

XIII. Jamiyatning filiallari va vakolatxonalari.

13.1. Jamiyat o’z filiallarini tashkil etish va vakolatxonalar ochishga haqli.

13.2. Filial jamiyatning jamiyat joylashgan yeridan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki ularning bir qismini. shu jumladan vakolatxonasini vazifalarini amalga oshiradigan alohida bo’linmasidir.

13.3. Vakolatxona jamiyatning jamiyat joylashgan yeridan tashqarida joylashgan.uning manfaatlarini ifodalaydigan va bu manfaatlarni himoya qilishni amalga oshiradigan bo’linmasidar.

13.4.Jamiyatning filiali va vakolatxonasi yuridik shaxs hisoblanmaydi.Ular jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat olib boradi. Jamiyatning filiali va vakolatxonasiga berib qo’yilgan mol-mulk asosiy jamiyat balansida turadi.

13.5.Filialning yoki vakolatxonaning rahbari jamiyat tomonidan tayinlanadi va jamiyat tomonidan berilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi.

13.6. Filial va vakolatxona faoliyati uchun javobgarlik ularni tashkil etgan va ochgan jamiyat zimmasida bo’ladi.

13.7 Jamiyat tomonidan O’zbekiston Respublikasidan tashqarisida filiallar tashkil etish va vakolatxonalar ochish, agar O’zbekiston Respublikasining halqaro shartnomalarida boshqacha qoidalar tutilmagan bo’lsa. filiallar va vakolatxonalar joylashgan yeridagi mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

XIV. Jamiyatning sho’’ba va tobe xo’jalik jamiyatlari

14.1.Jamiyat aktsiyadorlik jamiyati yoki ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi sho’’ba va tobe xo’jalik jamiyatlari ochishga haqli.

14.2. Sho’’ba ho’jalik jamiyati o’zining asosiy jamiyati majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydi.

14.3. Sho’’ba xo’jalik jamiyatiga majburiy ko’rsatmalar berish huquqiga ega bo’lgan asosiy jamiyat bunday ko’rsatmalarni bajarish uchun sho’’ba xo’jalik jamiyati tomonidan tuzilgan bitimlar yuzasidan sho’’ba xo’jalik jamiyati bilan solidar javobgar bo’ladi.Asosiy jamiyatning sho’’ba xo’jalik jamiyatiga majburiy ko’rsatmalar berish huquqi faqat sho’’ba xo’jalik jamiyati bilan tuzilgan shartnomada yoki sho’’ba xo’jalik jamiyatining ustavida nazarda tutilgan taqdirda asosiy jamiyat bunday huquqga ega deb hisoblanadi.

14.4. Sho’’ba xo’jalik jamiyati asosiy jamiyatning aybi bilan bankrot(inqiroz) bo’lgan taqdirda asosiy jamiyat sho’’ba xo’jalik jamiyatining majburiyatlari yuzasida subsidiar javobgar bo’ladi.

14.5. Asosiy jamiyat sho’’ba xo’jalik jamiyati tomonidan muayyan xarakatlar amalga oshirilishi oqibatida uning bankrot (inqiroz) bo’lib qolishini oldindan bila turib shunday xarakatlarni amalga oshirishi uchun sho’’ba xo’jalik jamiyatiga majburiy ko’rsatma bergan va (yoki)sho’’ba xujalik jamiyatining imkoniyatidan foydalangan hollardagina sho’’ba ho’jalik jamiyatining bankrotligi(inqiroz) asosiy jamiyatning aybi bilan yuz bergan hisoblanadi.

14.6. Sho’’ba xo’jalik jamiyati aktsiyadorlari(ishtirokchilari) asosiy jamiyatdan uning aybi bilan sho’’ba xo’jalik jamiyatiga yetkazilgan zararning o’rnini qoplanishini talab qilishga haqli. Asosiy jamiyat sho’’ba xo’jalik jamiyati tomonidan muayyan xarakatlarni amalga oshirilishi oqibatida uning zarar ko’rishini oldindan bila turib.o’z huquqlari va (yoki)imkoniyatidan sho’’ba xo’jalik jamiyatining shunday harakatlarni amalga oshirishi maqsadida foydalangan holdagina zarar asosiy jamiyatning aybi bilan yetkazilgan deb hisoblanadi.

14.7. Agar boshqa ishtirok etuvchi jamiyat ho’jalik jamiyatining ovoz beruvchi aktsiyalarining(ulushlarining) 20 (yigirma) foizidan ortig’iga ega bo’lsa, xo’jalik jamiyati tobe deb e’tirof etiladi.

XV.Jamiyatning affillangan shaxslari.

15.1. Jamiyat bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar mazkur jamiyatga affillangan shaxslar deb e’tirof etiladi.

15.2. Quyidagilar jamiyatning affillangan shaxslari hisoblanadi:

1). Jamiyatning 20 (yigirma) foizi va undan ortiq foiz aktsiyalarga egalik qiluvchi yuridik shaxslar.

2). Jamiyatning 20(yigirma) foiz va undan ortiq foiz aktsiyalariga yaqin qarindoshlari bilan birgalikda egalik qiluvchi jismoniy shaxs.

3). Jamiyat kuzatuv kengashi a’zosi, jamiyat direktorining yoxud jamiyat boshqaruv a’zosining vakolatlarini amalga oshirayotgan shaxs.

4). Jamiyat qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitali) 20 (yigirma) foizi va undan ortiq foiziga egalik qilsa, usha yuridik shaxs.

5). Jamiyatning sho’’ba xo’jalik jamiyati bo’lgan yoki ushbu jamiyat qaysi jamiyatning sho’’ba xo’jalik jamiyati bo’lsa.o’sha jamiyatning sho’’ba xo’jalik jamiyati bo’lgan yuridik shaxs.

6). Jamiyat ustav fondining yigirma foizi va undan ortiq foizga egalik qiluvchi ayni bir shaxs qaysi yuridik shaxs ustav fondining yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qilsa.o’sha yuridik shaxs.

7). Jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi ayni bir shaxslar va ularning yaqin qarindosh urug’lari qaysi yuridik shaxs kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etsa.o’sha yuridik shaxs.

8). Jamiyatning direktori yoxud boshqaruv a’zosi bo’lgan ayni bir shaxs yoki uning qarindosh urug’lari qaysi yuridik shaxs ijroiya organining rahbari vazifasini amalga oshirayotgan bo’lsa. o’sha yuridik shaxs.

9).Yaqin qarindoshlari bilan birgalikda ushbu jamiyat kuzatuv kengashining uchdan bir qismini tashkil etuvchi shaxs qaysi yuridik shaxs rahbarining yoki ijroiya organi a’zosining vazifasini amalga oshirayotgan bo’lsa. o’sha yuridik shaxs.

10). Jamiyat direktorining yoki boshqaruv a’zosining vakolatlarini amalga oshirayotgan shaxs yaqin qarindosh uruglari bilan birgalikda qaysi yuridik shaxs jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etsa.o’sha yuridik shaxs.

11).Jamiyat bilan bitta ho’jalik birlashmasiga kiruvchi yuridik shaxs.

Quyidagilar jamiyatning affillangan shaxsi bo’lgan aktsiyador jismoniy shaxsining affillangan shaxslari deb e’tirof etiladi.

a) Jismoniy shaxs va (yoki) uning yakin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) 20(yigirma) foizi va undan ortiq foizga egalik qilsa, o’sha yuridik shaxs.

b) Aktsiyador yoki uning qarindosh urug’lari bilan birga qaysi yuridik shaxs kuzatuv kengashi a’zosi bo’lsa.o’sha yuridik shaxs.

v) Aktsiyador yoki uning qarindoshlari qaysi yuridik shaxsda ijroiya organining a’zosi vakolatlarini amalga oshirayotgan bo’lsa.o’sha yuridik shaxs.

g) Jamiyatda davlatning ishonchli boshqaruvchi yoki aktsiyadorlarning vakili sifatida ish yuritayotgan shaxslarga nisbatan ham tadbiq etiladi.

XVI.Jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish.

16.1 Jamiyatni qayta tashkil etish aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi qaroriga asosan qo’shib yuborish.qo’shib olish.bo’lish.ajratib chiqarish va o’zgartirish shakllarida amalga oshiriladi.

16.2. Qonun xujjatlarida belgilangan hollarda yuridik shaxslarni qo’shib yuborish.qo’shib olish yoki uzgartirish shaklida qayta tashkil etish faqat vakolatli davlat organlarining roziligi bilan amalga oshiriladi.

16.3. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar davlat ro’yxatidan o’tgan paytdan e’tiboran jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi

16.4. Jamiyat boshqa yuridik shaxsga qo’shib yuborish yo’li bilan qayta tashkil etilganda ro’yxatdan o’tkazuvchi organ qo’shib yuborilgan yuridik shaxsning(jamiyatning)faoliyati tugatilganligi haqidagi yozuvni yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga kiritilgan paytdan e’tiboran jamiyat qayta tashkil etilgan hisoblanadi.Qayta tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran 30(o’ttiz) kundan kechiktirmay jamiyat o’z kreditorlarini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi.Kreditor jamiyatdan majburiyatlarini tugatish hamda zararlarni o’rnini qoplash tug’risida yozma ravishda xabardor etishga haqli.Bunda:

- Qo’shib yuborish.qo’shib olish yoki o’zgartirish shaklida qayta tashkil etish haqidagi yozma bildirish jamiyat tomonidan kreditorga yuborilgan sanadan e’tiboran 30(o’ttiz)kundan kechiktirmay.

- Bo’lish yoki ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilgan yozma bildirish jamiyat tomonidan yuborilgan sanadan 60(oltmish)kundan kechiktirmay.

- Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ qayta tashkil etish natijasida tugatilayotgan jamiyat qimmatli qog’ozlarining chiqarilishi davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi bekor qilinganidan.shuningdek u yuridik shaxslarning yagona davlat reestridan chiqarilganidan keyin yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshiradi.

16.5.Jamiyatni qo’shib yuborishda ishtirok etayotgan yuridik shaxs qo’shib yuborish haqida shartnoma tuzadi.unda qo’shib yuborish tartibi va shartlari.shuningdek xar bir jamiyat aktsiyalarini (ulushlarini) yangi yuridik shaxsning aktsiyalariga va yoki ulushlariga ayirboshlash tartibi belgilab qo’yiladi. Har bir yuridik shaxsning kuzatuv kengashi yoki vakolatli organi qo’shib yuborish shaklida qayta tashkil etish to’g’risidagi.qo’shib yuborish to’g’risidagi shartnomasini tasdiqlash hakidagi va topshirish dalolatnomasini tasdiqlash to’g’risidagi masalalarni qo’shib yuborishda ishtirok etayotgan aktsiyadorlarning (ishtirokchilarning) umumiy yig’ilishi hal kilishi uchun olib chiqadi.Yangidan vujudga kelayotgan yuridik shaxsning ustavini tasdiqlash va kuzatuv kengashini saylash qo’shib yuborishda ishtirok etayotgan jamiyatlar aktsiyadorlarining qo’shma umumiy yig’ilishida amalga oshiriladi. Jamiyatlar aktsiyadorlarining qo’shma umumiy yig’ilishida ovoz berish tartiblari yuridik shaxslarning qo’shib yuborish shartnomasida belgilab qo’yiladi. Yuridik shaxslar qo’shib yuborilgan taqdirda ularning har biriga tegishli barcha huquq va majburiyatlar topshirish dalolatnomasiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga o’tadi.

16.6.Bir va bir nechta yuridik shaxs faoliyatini tugatib.ularning huquq va majburiyatlarini boshqa yuridik shaxsga o’tkazish jamiyatni qo’shib olish deb e’tirof etiladi. Mazkur yuridik shaxslar aktsiyadorlarining (ishtirokchilarining) qo’shma umumiy yig’ilishi yuridik shaxsning ustaviga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida qaror qabul qiladi.Yuridik shaxslar aktsiyadorlarining qo’shma umumiy yig’ilishida ovoz berish tartibi qo’shib olish to’g’risidagi shartnomada belgilanadi.Bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo’shib olinayotganda yuridik shaxsning barcha huquq va majburiyatlari topshirish dalolatnomasiga muvofiq qo’shib olayotgan yuridik shaxsga o’tadi.

16.7. Bo’lish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni bo’lish shaklida qayta tashkil etish, bu qayta tashkil etishning tartibi va shartlari. Yangi yuridik shaxslarni tashkil etayotgan yuridik shaxslarning aktsiyalariga va (yoki) ulushiga ayirboshlash tartibi haqidagi masalalarni aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishida hal etish uchun olib chiqadi. Bo’lish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishi jamiyatni qayta tashkil etish.bu qayta tashkil etishning tartibi va shartlari to’g’risida qaror qabul qiladi. Yangidan tashkil etilayotgan har bir yuridik shaxs aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishi uning ustavini tasdiqlash va kuzatuv kengashini saylash tug’risida qaror qabul qiladi.Jamiyat bo’linganda uning barcha huquq va majburiyatlari taqsimlash balansiga muvofiq tashkil etilayotgan ikki va undan ortiq yuridik shaxsga o’tadi.

16.8. Qayta tashkil etilayotgan jamiyatning faoliyatini tugatmagan holda uning huquq va majburiyatlarining bir qismini o’tkazgan holda bir yoki bir necha yuridik shaxsni tashkil etish jamiyatni ajratib chiqarish deb e’tirof etiladi. Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etishda jamiyatni kuzatuv kengashi jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish bo’yicha masalalarni hal kilish uchun aktsiyadorlarning umumiy yigilishiga olib chiqadi. Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aktsiyadorlarining umumiy yigilishi. Jamiyatni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish.ajratib chiqarish tartibi va shartlari. Yangi yuridik shaxsning aktsiyalariga va (yoki)ulushiga ayirboshlash imkoniyatlari xamda bunday ayirboshlash tartibi. Taqsimlash balansini tasdiqlash to’g’risida qaror qabul qiladi.Jamiyat tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxslar ajralib chiqqanda qayta tashkil etilgan jamiyat huquq va majburiyatlarining bir qismi taqsimlash balansiga muvofiq ularning har biriga o’tadi.

16.9. Jamiyat mavjud qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga o’tishi mumkin. Bunda jamiyat kuzatuv kengashi jamiyatni o’zgartirish tartibi va shartlarini aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishiga ko’rib chiqish uchun olib chiqadi. O’zgartirilayotgan jamiyat aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishi jamiyatni o’zgartirish.tartibi va shartlari haqida qaror qabul qilishi kerak. Jamiyatni o’zgartirish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari jamiyatning chiqib ketayotgan aktsiyadorlari bilan hisob-kitoblar amalga oshirilganidan keyin ta’sis hujjatlarini tasdiqlaydi hamda qonun hujjatlariga asosan yuridik shaxsni boshqaruv organlarini saylaydi (tayinlaydi). Jamiyat o’zgartirilganida uning barcha huquqlari va majburiyatlari saqlanib qoladi.Qonun.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasinining qarorlarida faoliyatning ayrim turlarini faqat aktsiyadorlik jamiyati shaklida amalga oshiruvchi tashkilotlarni tashkil etishga doir talablar belgilanishi mumkin.

16.10. Jamiyatning tugatilishi huquq va majburiyatlarni huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o’tkazmasdan tugatilishiga sabab bo’ladi. Jamiyatni ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda jamiyat kuzatuv kengashi jamiyatni tugatish va tugatuvchini yoki tugatish komissiyasi tayinlanlash to’g’risidagi masalani hal etish uchun aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishida hal kilish uchun olib chiqadi.Umumiy yig’ilish jamiyatni tugatish va tugatuvchini tayinlash to’g’risida qaror qabul qiladi.Jamiyat sudning qaroriga ko’ra tugatilayotganda tugatuvchi tayinlash to’g’risida mavjud qonun hujjatlariga asosan amalga oshiriladi. Tugatuvchi tayinlangan paytdan boshlab jamiyat ishlarini boshqarish bo’yicha barcha vakolatlar unga o’tadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi. Davlat tugatilayotgan jamiyat aktsiyadori bo’lgan taqdirda. jamiyatni tugatish komissiyasi ta’yinlanadi va uning tarkibiga davlat mulkini boshqarish vakolatli organi vakili kiradi. Tugatuvchi jamiyat faoliyatining tugatish haqida.shuningdek kreditorlar tomonidagn talablarni bayon etish tartibi va muddatlari to’g’risida ommaviy axborot vasitalari orqali e’lon beradi. Bu muddat e’lon berilgan kundan boshlab ikki oydan kam bo’lmasligi kerak. Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitor haqlarini undirish chorasini kuradi. Belgilangan muddatda kreditorlar talabi kondirilgandan so’ng tugatuvchi oraliq tugatish balansini tuzadi.jamiyat mol-mulki tarkibini aniqlaydi va umumiy yig’ilish tomonidan tasdiqlanadi. Tugatuvchi jamiyat qimmatli qog’ozlari chiqarilishlarining davlat ro’yhatidan o’tkazilganligini bekor qilish yuzasidan zarur tadbirlarni konun asosida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiradi. Tugatilayotgan jamiyatning kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugatilgandan so’ng qolgan mol-mulki tugatuvchichichichichichichichichichichichichichichi tomonidan aktsiyadorlar o’rtasida quyidacha taksimlanadi:

-Birinchi navbatda qaytarib olinishi lozim bo’lgan aktsiyalar bo’yicha.

-Ikkinchi navbatda imtiyozli aktsiyalar bo’yicha hisoblangan.biroq to’lanmagan dividendlarni va imtiyozli aktsiyalar bo’yicha belgilangan tugatish qiymatini.

-Uchunchi navbatda jamiyatning mol-mulkini oddiy aktsiya egalari bo’lgan aktsiyadorlar o’rtasida taqsimlaydi.

16.11. Ro’yhatdan o’tkazuvchi organ yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga tegishli yozuvlarni kiritgandan so’ng jamiyat tugatilgan va o’z faoliyatini yakunlagan hisoblanadi.Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ jamiyat tugatilganligi haqidagi tegishli yozuvni faqat jamiyatning qimmatli qog’ozlari chiqarilishlari davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi bekor qilingandan keyingina kiritadi.

XVII. Jamiyatda buxgalteriya hisobi va hisobot.

17.1.Jamiyat O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonuni buxalteriya hisobini yuritish milliy standartlari asosida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tegishli organlarga topshirishi shart.

17.2. Jamiyatda buxgalteriya hisobining tashkil etilishi, holati va ishonchliligi, tegishli organlarga har yilgi hisobotlarni va moliyaviy hisobotlar, shuningdek rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida aktsiyadorlarga, kreditorlarga taqdim etiladigan jamiyat faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar o’z vaqtida taqdim etilishi uchun javobgarlik jamiyat ijroiya organi zimmasiga yuklatiladi.

17.3. Jamiyatning moliyaviy hisobotida ko’rsatilgan va aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishiga takdim etiladigan moliyaviy hisobotdagi,buxgalteriya balansidagi,foyda va zararlar hisob varaklaridagi ma’lumotlarning ishonchliligi mulkiy manfaatlari jamiyat yoki uning aktsiyadorlari bilan bog’liq bo’lmagan tashqi auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan bo’lishi kerak.

17.4. Jamiyatning yillik hisoboti aktsiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishi o’tkaziladigan sanadan 30 (o’ttiz) kundan kechiktirmay jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan dastlabki tarzda tasdiqlanishi lozim.

XVIII. Jamiyatda hujjatlarni saqlash.

Jamiyat ushbu nizomga asosan quyidagi hujjatlarini:

18.1. Jamiyatning ustavi (nizomi)ni,ustavga kiritilgan.belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan o’zgartish va qo’shimchalarni.jamiyatni tashkil etish to’g’risidagi qarorni.jamiyat davlat ro’yhatidan o’tkazilganligi haqidagi g’uvohnomani.

18.2. Jamiyatning o’z balansida bo’lgan mol-mulkka bo’lgan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni.

18.3. Jamiyat aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishi va jamiyatning boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan xujjatlarni.

18.4. Jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi nizomini.

18.5 Jamiyatning yillik hisobotlari ilovalari bilan birgalikda.

18.6. Emissiyaviy qimmatli qog’ozlarni chiqarish to’g’risidagi qarorlarni.

18.7 . Aktsiyalar emissiya risolasini.

18.8. Jamiyat buxgalteriyasi hisobiga doir barcha xujjatlarni.

18.9. Tegishli organlarga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarni.

18.10. Jamiyat aktsiyadorlari umumiy yig’ilishlarining .kuzatuv kengashi. taftish komissiyasi va boshqaruv organi majlislarining bayonnomalarini.shuningdek jamiyat direktorining buyruqlarini.

18.11. Jamiyatning affillangan shaxslar ro’yxatini.

18.12. Jamiyat aktsiyadorlarining markaziy depozitariyadan olgan reestrini.

18.13. Jamiyat taftish komissiyasining, tashqi auditorlik tashkilotining xulosalari va hisobotlarini va nazorat qiluvchi davlat organlarining tekshiruv dalolatnomalarini saqlashi shart.

18.14. Jamiyat moliyaviy va tashkiliy boshqa hujjatlarini saqlashi shart.

XIX. Jamiyat aktsiyadorlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari.

19.1.Davlat aktsiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.

19.2. Jamiyatning ho’jalik va boshqa faoliyatiga davlat organlarining aralashuviga yo’l qo’yilmaydi.Davlat organlarining qonunga xilof xarakatlari ustidan sud tartibida shikoyat kilinadi.

19.3. Davlat aktsiyador sifatida boshqa aktsiyadorlar bilan bir qatorda ushbu nizomda belgilangan teng huquq va majburiyatlarga ega bo’ladi.

XX. Jamiyatda nizolarni hal etish.

Jamiyatni tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi shuningdek jamiyat aktsiyadorlarining huquqlarini himoya qilish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartiblarda hal etiladi.

“Uchqo’rg’on don mahsulotlari” aktsiyadorlik jamiyati direktori v.v.b. Kaxarov I.A.

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech