Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Urug’lik tsexi soatiga 10 tonna sara urug’lik don tayyorlash quvvatiga ega, 2008 yil avgust oyida ishga tushgan. Urug’lik don tayyorlash tsexining uskunalri Rossiya federatsiyasining Voronej shaxridagi «Voronejselmash» korxonasidan sotib olingan. Texnologik jarayon daladan olib kelingan urug’ donni xar-xil iflos aralashmalardan dastlabki tozolovchi MPO-50 mashinasi orqali tozalanib, tozalangan donni SVU-60 separatoriga, chiqindilarni esa, chiqindi uchun o’rnatilgan bunkerlarga o’tkaziladi, so’ngra SVU-60 separatorida urug’’ donni dastlabki, birinchi va ikkinchi tozolovdan o’tkazadi va tozolovdan utgan donni noriyalar yordamida PT-600 trieriga yuboriladi, chiqindilari esa noriyalar orqali chiqindilar uchun o’rnatilgan bunkerlarga yuboriladi. Tozalangan donlar PT-600 trierlari yordamida boshka don aralashmalardan va sinik donlardan saralab olinadi va saralangan don noriyalar orqali sara don uchun o’rnatilgan bunkerga yuboriladi. Saralangan urug’ don kimyoviy ishlov berish uchun shneklar orqali PKS-20 kamerasiga yuboriladi va kimyoviy ishlov berilgandan so’ng qadoqlash uskunasiga o’tkaziladi, qadoqlash uskunasi yordamida qadoqlangan polipropilen qoplarga yorliklar biriktirilib qop tikish mashinasi bilan tikilgandan so’ng transportyor lentalar orqali tayyor maxsulotlar omboriga o’tkaziladi. Urug’lik tayyorlash davri 2-3 oy davom etadi. Ish 3 smenada tashkil etilgan.

Urug’lik tsexi uz laboratoriyasiga ega laboratoriya xodimlari tomonidan tayyorlanayotgan urug’lik donning sifati doimiy nazorat qilib boriladi.

Опрос

Нравится ли Вам наш сайт?
Нажмите чтобы прослушать выделенный текст! Powered by GSpeech