Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Tegirmon tsexi 1985 yil dekabr oyida ishga tushgan. Tegirmon tsexi Shveytsariyaning «Byo’ller» firmasining litsenziyasi asosida Rossiya, Ukraina, Belorussiya va Kozogiston mashinasozlik zavodlarida ishlab chiqarilgan yuqori unumli uskuna va mexanizmlar bilan jixozlangan. Tegirmon tsexi sutkasiga 500 tonna donni qayta ishlash quvvatiga ega.

Tegirmon tsexida un ajratib olish 75 foiz belgilangan. Shundan:

Oliy navli un 3 foiz

Makaron uni 0,4 foiz

Manka yormasi 0,1 foiz

1-navli un 71,5 foiz

Tegirmon tsexi don tozalash, donni maydalash va tayyor maxsulotlarni qadoqlash bo’limlaridan iborat.

Tegirmon tsexida barcha bo’limlardagi ishlab chiqarish jarayonlari boshqaruv pulti orqali boshqarib turiladi.

Don tayyorlash bo’limida elevatordan qabul qilib olingan don texnologik sxemalarga muvofiq tosh, temir va boshka xar-xil aralashmalardan tozalash jarayonlaridan utib A1-BSHM don yuvish dastgoxida yuvilib, ma’lum muddat saqlash uchun xampalarga joylashtiriladi.

Donni maydalash bo’limida tasdiqlangan texnologik sxemalar asosida ish tashkil etilgan bo’lib, bunda maydalash jarayoni uchun 36 ta A1-BZN rusumidagi valtsevoy stanoklari o’rnatilgan.Valtsevoy stanoklarda maydalangan maxsulotlar RZ-BRB elak(rassev)larida elanib ajratib olingan unlar navlarga ajratilib qadoqlash bo’limi sigimlariga yuboriladi.

Yorma maxsulotlarini boyitish uchun xavoli galvirlar yordamida ishlaydigan A1-BSO sitoveykalariga yuborilib bu yerda manka yormasi va makaron uni ajratib olinadi.

Davlat standarti talablariga javob beradigan tayyor xolga kelgan oliy va 1-navli unlar qadoqlash bo’limida yarim avtomat «Karusel» uskunasi yordamida 50 kilogrammdan bir marotabali polipropilen qoplarga qadoqlanib, navlar buyicha tayyor maxsulotlar omboriga o’tkaziladi.

Tayyor maxsulotlarni qadoqlash jarayonida biriktirilayotgan yorliklar jamiyatni uzini yorlik tayyorlash bo’limida tayyorlanadi.
Non ishlab chiqarish korxonalariga qopsiz un sotish imkoniyati mavjud, maxsus un tashuvchi avtotransportlar bilan.
Tegirmon tsexi o’z laboratoriyasiga ega bo’lib, laboratoriya xodimlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarni sifati doimiy ravishda nazorat qilib turiladi.

Tegirmon tsexida ish 3 smenada tashkil etilgan bo’lib, tsexda 90 nafar ishchi va xizmatchi ishlaydi. Ishchilar uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan, yuvinish, ovqatlanish xonalari mavjud.

Опрос

Нравится ли Вам наш сайт?
Нажмите чтобы прослушать выделенный текст! Powered by GSpeech