Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Jamiyatni barcha ishlab chiqarish tsexlarini tuxtovsiz ishlashini ta’minlash uchun ta’mirlash tsexi faoliyat ko’rsatadi. Ta’mirlash tsexida tokarlik, frezerlovchi, parmalash stanoklari, elektr gaz payvandlash, gaz yordamida kesish apparatlari mavjud ular yordamida ishlab chiqarish tsexlarida zarur bo’lgan kuplab extiyot kismlar tayyorlanadi va ta’mirtalab jixozlar ta’mirlanadi.

Ishlab chiqarish tsexlarida ishdan chikkan va kuygan elektrodvigatellar jamiyatni elektro tsexida ta’mirlanadi va kuygan dvigatellar sim urash yo’li bilan qaytadan yarokli xolatga keltiriladi. Elektro tsex mutaxassislari tomonidan barcha tsex va bo’limlardagi elektr jixozlari va uskunalarini doimiy nazorat qilib boriladi va ishlab chiqarish tsexlarini uzluksiz ishlashini ta’minlab beradilar.

Transport bo’limi yordamida korxona uchun kerakli bo’lgan barcha yuklar tashib keltiriladi va yaroksiz chiqindilar tashib chiqariladi. Don tayyorlash mavsumida chet tashkilotlardan transport olmay, uz transportlarimizdan foydalanish imkoniyatiga egamiz.

Опрос

Нравится ли Вам наш сайт?
Нажмите чтобы прослушать выделенный текст! Powered by GSpeech