Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Don tozalash va saqlash bo’limi (Elevator)1984 yil sentyabr oyida ishga tushgan. Elevator 3 ta silkorpusdan iborat bo’lib, xar bir silkorpusda 36 tadan silos va 25 tadan yo’lduzcha bor. Umumiy sigimi 71400 tonnani tashkil etadi. Elevator ishchi minorasida 2 ta soatiga 375 tonna va 3 ta soatiga 175 tonna don uzatish quvvatiga ega bo’lgan noriyalar o’rnatilgan. Shuningdek ishchi minorada donlarni tozalash uchun 2 ta A-1 BIS-100 separatorlari bilan jixozlangan. Barcha texnologik jarayonlarni boshqarish ishchi mineorasining 2 kavatida joylashgan boshqaruv pultidan amalga oshiriladi. Saqlanayotgan donlarni xaroritini nazorat qilib borish uchun MARS-500 xarorat o’lchash uskunasi bilan jixozlangan. Elevatorga qabul qilinadigan donlar temir yo’l vagonlari va avtotransportlar orqali qabul qilishga moslashtirilgan.

Tozalangan donlar ishlab chiqarishga 10 tonnalik tarozidan tortib o’tkaziladi.Don tozalash va saqlash bo’limida donlarni sifatini nazorat qilib turishi uchun aloxida taxlilxonasiga ega. Elevatorda ish 3 smenada tashkil etilgan bo’lib , jami 40 nafar ishchi va xizmatchilar ishlaydi. Ular uchun yuvinish, dam olish va ovqatlanish xonalari mavjud.

Опрос

Нравится ли Вам наш сайт?
Нажмите чтобы прослушать выделенный текст! Powered by GSpeech